Pandemiya “kentavr” tufayli tugashi mumkin
Bu haqda o‘ta xavfli infeksiyalar bo‘yicha mutaxassis, immunolog maʼlumot berdi.

"Koronavirusning “kentavr” deb ataladigan omikron shtammining kichik turi «jonli vaksina» bo‘lib chiqishi va pandemiyaga barham berishi mumkin", — dedi tibbiyot fanlari doktori, immunolog, o‘ta xavfli infeksiyalar bo‘yicha mutaxassis Vladislav Jemchugov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, “kentavr” juda yuqumli, shuning uchun u aholini tezda immunizatsiya qiladi.







