5 mingdan ortiq mansabdorga 12 milliard jarima
Mehnat tartibini buzgan masʼullarga ko‘rilgan choralar ochiqlandi.

2022 yilning birinchi yarmida mehnat tartibini buzgan 5mingdan ortiq mansabdorga 12 mlrd. so‘mdan ortiq jarima qo‘llanildi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi axborot xizmati rahbari Mavjuda Mirzayeva maʼlum qildi.
O‘tgan 6 oyda 14 mingta korxonada nazorat tadbiri o‘tkazilgan. Unda 41 ming 150 ta qonun buzilish holatlari aniqlangan.
Qonun buzilishlar eng ko‘p xalq taʼlimi tizimida qayd etilgan bo‘lib, ularning soni 11 ming 916tani tashkil etadi. Shuningdek, tibbiyot va maktabgacha taʼlim tashkilotlari ham mehnat qonunchiligi bilan bog‘liq muammolar kuzatilgan.
Shuningdek, o‘tgan yarim yillikda 623 nafar xodim noqonuniy ishdan bo‘shatilganligi sababli ishga tiklandi, 1 ming 584 nafar fuqarolarning 8 mlrd. so‘mga yaqin ish haqi undirib berildi.







