Jahon

Biz berilgan va’dalar ijrosini ko‘rishimiz kerak—Mevlut Chavusho‘g‘li

Turkiya Shvetsiya va Finlandiyaning NATOga a’zoligini ratifikatsiya qilish shartini aytdi.

Biz berilgan va’dalar ijrosini ko‘rishimiz kerak—Mevlut Chavusho‘g‘li

 

Turkiya hukumati Madrid memorandumining amalga oshirilishini ko‘rmasa, Shvetsiya va Finlandiyaning NATOga a’zoligi haqidagi hujjatni parlamentga yubormaydi, dedi Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li. 

 

Madriddagi NATO sammitda Shvetsiya, Finlandiya va Turkiya xavfsizlik bo‘yicha memorandumni imzoladilar. Bu Xelsinki va Stokgolmning alyansga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralar boshlanishiga zamin yaratdi. Mamlakatlar terrorizmga qarshi kurashda hamkorlikni kuchaytirish, jumladan, Turkiyada taqiqlangan Kurdiston ishchilar partiyasiga qarshi choralar ko‘rish, ma’lumot almashish va ekstraditsiya bo‘yicha  kelishib oldi. 

 

“Parlamentga yuborishdan oldin imzolangan Madrid memorandumining bajarilishini ko‘rishimiz kerak. Parlament meni to‘g‘ri tushunsin, lekin uni jo‘natishdan oldin hujjat ijrosini ko‘rishimiz kerak. Bizga berilgan va’dalar amalga oshmasa, bizda veto huquqi bor”, — dedi Chavusho‘g‘li.

 

Hozirga qadar NATOning qator davlatlari protokollarni allaqachon ratifikatsiya qilgan.

 

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"