Gulistonda konselyariya do‘koni yonib ketdi
Oqibatda bino ichidagi o‘quv qurollariga zarar yetgan.

Kecha, 26-iyul kuni Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi savdo do‘konlaridan birida yong‘in yuz berdi. Holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Matbuot xizmati rasmiy ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, soat 21:40 da Gulistan shahar “Bo‘ston” MFY Shodlik ko‘chasida joylashgan savdo do‘konida yong‘in yuzaga kelgan. Voqea joyiga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 21:42 da yetib borib, yong‘in soat 22:25 da to‘liq o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida insonlarning tan jarohati olishi va halok bo‘lish holatlari kuzatilmagan. Savdo do‘konining 75 kvadrat metr maydonidagi tom-shift qismi hamda do‘kon ichida bo‘lgan o‘quv qurollari yongan.
Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.







