0

Rahmiddinboyning otasi ham vafot etdi

Ikki kun avval Andijonning eng boylaridan biri, taniqli tadbirkor, “Rash milk”, “Recosement” korxonalari egasi Rahmiddin Mirzayev o‘z joniga qasd qilgandi.

Rahmiddinboyning otasi ham vafot etdi

 

Ushbu voqeadan ikki kun o‘tib, uning otasi vafot etdi. Bu haqda Xalq deputatlari Andijon shahar kengashi deputati Jahongir Jiyanov o‘zining Telegram kanalida xabar berdi.

 

Andijonlik marhum tadbirkor Rahmiddin boyning otalari xam bugun vafot etgani aytilmoqda, Ikki kun avval o‘g‘li Rahmiddin boy vafot etgan edi”, — deyiladi xabarda.

 

Eslatib o‘tamiz, 25 iyul kuni soat 16.40 larda Shahrixon tumanida yashagan 45 yoshli tadbirkor yashash xonadoni yaqinida joylashgan o‘ziga tegishli atrofi devor bilan o‘ralgan mevali bog‘da o‘z joniga qasd qilib, vafot etgan. Hodisa yuzasidan Shahrixon tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Rahmiddinboyning otasi ham vafot etdi