Jahon

Niderlandiyada fermerlar norozilik sifatida magistralni to‘sib qo‘ydi

Ular adolatsiz hujumga uchraganliklarini daʼvo qilmoqda.

Niderlandiyada fermerlar norozilik sifatida magistralni to‘sib qo‘ydi

 

Niderlandiyada hukumatning qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan keng maydonlarni yopish rejalariga norozilik sifatida fermerlar chorshanba kuni mamlakat bo‘ylab magistral yo‘llarga go‘ng, pichan, shina va boshqa chiqindilarni tashlab ketdi.

 

Fermerlarning noroziliklari Mark Ryutte hukumatining Yevropa Ittifoqining Natura 2000 sxemasida qayd etilganidek, 2030 yilgacha chorvachilik mahsulotlaridan azot emissiyasini ikki baravar kamaytirish bo‘yicha keng qamrovli rejalarini amalga oshirishga urinishiga javobdir.

 

Rasmiylarning taʼkidlashicha, baʼzi fermer xo‘jaliklari ushbu maqsadlarga erishish uchun chiqindilarni 95 foizga qisqartirishi kerak va global oziq-ovqat inqirozi rivojlanayotganiga qaramay, mamlakat qishloq xo‘jaligi yerlarining 30 foizi butunlay yopilishi kerak. Gollandiya hukumati bundan boshqa yo‘l yo‘qligini aytmoqda.

 

Shunday qilib, fermerlar adolatsiz hujumga uchraganliklarini daʼvo qilmoqda. Chunki boshqa Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar Bryusselning ekologik kun tartibini amalga oshirishga urinishda u qadar tajovuzkor bo‘lmagan.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.