Jamiyat

Endi nogironligi bo‘lgan shaxslarning ish staji va ish haqi hisoblanadi

Amaldagi Qonunchilikka muvofiq, nogironlik pensiya tayinlanganidan keyingi ishlangan vaqt nogironlik pensiyani qayta hisoblab chiqarish uchun stajga qo‘shib hisoblanmaydi.

Endi nogironligi bo‘lgan shaxslarning ish staji va ish haqi hisoblanadi

 

O‘zbekistonda 2023 yil 1 yanvardan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga pensiya tayinlangandan keyin kamida 1 yil ish stajiga (1994-2022 yillar davomida) ega bo‘lgan pensiya oluvchilarning ish staji va ish haqi hisobga olinadi.

 

Shuningdek, kelgusida har 2 yilda nogironlik pensiya miqdorlari qayta hisoblanadi.

 

Ushbu Qonun qabul qilinishi natijasida 2023 yilda 75 ming nafar I va II guruh nogironlik pensiyasi oluvchi fuqarolarning pensiya miqdorlari qayta hisob-kitob qilinadi va o‘rtacha 304 ming so‘mga pensiya miqdorlari oshadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"