SHHTning Samarqanddagi sammitida kimlar ishtirok etadi?
Vladimir Norov bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

SHHTning Samarqanddagi sammitida tashkilotga aʼzo barcha davlat rahbarlari ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov SHHTga aʼzo davlatlar tashqi ishlar vazirlari Kengashidagi nutqida maʼlum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bundan tashqari, kuzatuvchi maqomdagi davlatlar — Belarus, Eron va Mo‘g‘uliston yetkachilari ham sammitda qatnashadi.
Shuningdek, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedovlar mehmon sifatida ishtirok etadi.
Xalqaro tashkilotlardan BMT, ASEAN, MDH, KXSHT va YеOII vakillari ishtiroki tasdiqlangan.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev SHHTga aʼzo davlatlar delegatsiyalarining rahbarlarini qabul qilgandi.







