Namanganda suv toshqinlari kuzatilgani aytildi
Holat yuzasidan viloyat FVB ma’lumot berdi.

Ijtimoiy tarmoqda Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanidagi Nanay qishlog‘ida kuchli yomg‘ir aralash do‘l va suv toshqinlari kuzatilgani, ko‘chalar suv bilan to‘lib toshgani haqida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 30-iyul kuni Yangiqo‘rg‘on tumanining ayrim mahallalarida qisqa muddatli yomg‘ir aralash do‘l yog‘ishi kuzatilgan. Hozirda tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi hamda favqulodda vaziyatlarda davlat quyi tizimlari xodimlari joyiga borib, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan sel suv toshqinini oldini olish va uni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
“Shu o‘rinda ushbu hududlardagi dam oluvchi fuqarolar bilan suhbatlashilib, soylarga tushmasliklari yuzasidan qo‘shimcha yo‘riqnomalar berilmoqda”, — deyiladi xabarda.








