"AQSH Tayvandan hech qachon voz kechmaydi" — Nensi Pelosi
Tayvan prezidenti Pelosiga faxriy orden topshirdi.

AQSH Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Tayvan prezidenti Tsay Inven bilan uchrashib, Qo‘shma Shtatlar Tayvandan voz kechmasligini aytdi.
“Bugun bizning delegatsiyamiz... Tayvanni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha majburiyatimizdan voz kechmasligimizni va mustahkam do‘stligimizdan g‘ururlanayotganimizni ochiq aytish uchun bu yerga keldi”, — deb taʼkidladi amerikalik siyosatchi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Amerikaning Tayvan bilan birdamligi hozir juda muhim.
Tsay Inven AQSHning orol bilan munosabatlarini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun Pelosiga Tayvanning eng oliy fuqarolik mukofoti — "Mehribon bulutlar" faxriy ordenini topshirdi.
"Men ushbu mukofotni spikerning ofisida ko‘rsatishni yoki do‘stligimiz ramzi sifatida Kapitoliyda taqishni intiqlik bilan kutaman", — dedi spiker.







