“Meni kamsitgani uchun o‘ch oldim”
Buxorolik yigit alamidan chiqishning antiqa yo‘lini topdi.

Joriy yilning 3-avgust kuni tungi soat 03.30 larda Buxoro viloyati IIB tomonidan “Matiz” avtomashinasi o‘g‘irlangani haqida xabar berildi.
Surishtiruvlar natijasida o‘g‘irlik Buxoro shahridagi avtomobillarni yuvish shoxobchasi ishchisi L.Z. tomonidan amalga oshirilgani maʼlum bo‘ldi.
“Uydan chiqib ketganimga 1 oy bo‘ldi, – deydi L.Z. — Buxoro shahrida mashinalarni yuvish shoxobchasida ishlab keldim. Lekin shoxobcha egasi mast holda meni tez-tez kamsitib kelgani bois undan o‘ch olish maqsadida mashinasini olib qochdim, lekin uzoqqa borolmadim”.
O‘g‘irlangan avtomashina bugun soat 12.30 lar chamasida Qarshi shahar Islom Karimov ko‘chasi va Amir Temur ko‘chalari kesishgan chorrahasida harakatlanayotgani aniqlanib, shahar markaziy dehqon bozori ro‘parasida viloyat YHXB xodimlari tomonidan ushlandi.







