Jamiyat

Bugun Toshkentda magnit bo‘roni kuzatilishi kutilmoqda

U 3 soatlik muddat oralig‘ida davom etishi mumkin.

Bugun Toshkentda magnit bo‘roni kuzatilishi kutilmoqda

 

Toshkentda bugun, 8 avgust kuni tush payti oralig‘ida G3 darajali 4 ballik magnit bo‘ronlari bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Bu haqda O‘zgidromet yetakchi mutaxassisi Erkin Abulahatov o‘zining telegram kanalidi maʼlum qildi.

 

"Magnit bo‘roni yuqori faolligi tush paytiga to‘g‘ri kelayotgani uchun, bu omilning organizmga salbiy oqibatlarini yumshatish maqsadida, ovqatlanish ratsioniga baliq va ko‘kat mahsulotlarini kiritish, isteʼmol qilish tavsiya etiladi.

Magnit bo‘ronlarining G3 darajasi kuzatilgan davrda ko‘pchilikda bosh qismining orqa tomonida biroz og‘rish kuzatiladi. Bu paytda shu kabi insonlarga kamroq harakat qilish hamda uyda ko‘proq o‘tirish tavsiya etiladi", — deyiladi xabarda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Bugun Toshkentda magnit bo‘roni kuzatilishi kutilmoqda