“Asalhoney” qotiliga sud hukmi o‘qildi
Hukm ustidan apellyatsiya shikoyati va protesti hukm eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 20 sutka ichida Toshkent shahar sudiga berilishi mumkin.

Bugun, 9-avgust kuni, jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudida sudlanuvchi K. Sh. (1997 yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan) ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetib, sud hukmi eʼlon qilindi.
Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudi raisi T. Obidov raisligida ko‘rib chiqildi.
Eʼlon qilingan sud hukmiga ko‘ra, K. Sh. Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi “i” bandi va 164-moddasi (bosqinchilik) 3-qismi “v”, “g” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasiga asosan tayinlangan asosiy jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan 16,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Jinoyat ishi bo‘yicha “Ipak Yo‘li” OAITB Chilonzor filialida saqlanayotgan 10 269 000 so‘m jabrlanuvchining qonuniy vakiliga qaytarilishi va sudlanuvchidan qonuniy vakil foydasiga 20 849 899 so‘m qoplanmagan zarar undirilishi belgilandi.
Hukm ustidan apellyatsiya shikoyati va protesti hukm eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 20 sutka ichida, mahkum va fuqaroviy daʼvogar tomonidan esa ularga hukmning ko‘chirma nusxasi topshirilgan kundan eʼtiboran shu muddat ichida Toshkent shahar sudiga berilishi mumkin.







