Jamiyat

Farg‘onada o‘zini yoqib yuborgan ayol shifoxonada vafot etdi

Bu haqda Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi maʼlum qildi.

Farg‘onada o‘zini yoqib yuborgan ayol shifoxonada vafot etdi

 

Joriy yilning 2 avgust kuni Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi binosining kirish qismida o‘ziga benzin sepib, yoqib yuborgan 47 yoshli ayol — Sanobar Haydarova shifoxonada vafot etdi.

 

Ayol bugun, 10 avgust kuni soat 07:05 da Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialida vafot etgan.

 

Eslatib o‘tamiz, uning o‘z joniga qasd qilishiga, ishdan bo‘shatilgani sabab ekani aytilgan edi. Maʼlum bo‘lishicha, u oilada yolg‘iz boquvchi bo‘lgan. Turmush o‘rtog‘i ishsiz, 4 nafar farzandi bo‘lgan.

Farg‘onada o‘zini yoqib yuborgan ayol shifoxonada vafot etdi | Zamon.uz