Jamiyat

Jizzaxlik ayol farzandlari oldida zo'rlangani aytildi

Holat yuzasidan viloyat IIB ma'lumot berdi.

Jizzaxlik ayol farzandlari oldida zo'rlangani aytildi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Zomin tumanida ayol farzandlari koʻz oʻnggida kaltaklanib, zoʻrlangani haqida xabarlar tarqaldi. 

 

Zomin tumani “Peshagʻor” QFYda yashovchi uy bekasi, 2 nafar farzandning onasi B.Z. tuman IIBga murojaat qilib, 2022-yilning 24-iyul kuni soat 02:45 larda oʻzining yashash uyiga tumanning “Yoshlik” mahallasida istiqomat qiluvchi D.A. hamda uning mahalladoshi A.A. yotoqxona derazasi orqali kirib, uni qoʻrqitib, yuzlariga bir necha marotaba urishgani, majburlab, zoʻrlab nomusiga tekkanligi sababli qonuniy chora koʻrishni soʻragan. 

 

Holat yuzasidan Zomin tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan D.A. va A.A.larga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 118- moddasi 2- qismi “v, g” bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.