Siyosat

Jamoatchilik O‘zbekistondagi sud tizimidan norozi

Prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov tomonidan Oliy sud yangi raisini jamoaga tanishtiruv jarayoni bo‘lib o‘tmoqda.

Jamoatchilik O‘zbekistondagi sud tizimidan norozi

 

Yig‘ilishda maʼlum qilinishicha, sudlarning mustaqilligi borasida ko‘p yillar davomida savollar paydo bo‘lgan. Adolatsiz qarorlar natijasida tizimga shikoyatlar haddan tashqari ko‘payib ketgan. Shu maʼnoda bugungi yig‘ilish ham o‘ta tanqidiy ruhda o‘tayotgani maʼlum qilindi. 

 

“Umid qilamizki, ushbu yangi tayinlov aynan ushbu muammolar yechimi hamda sud organlarini tubdan isloh qilish uchun xizmat qiladi”, — dedi Sardor Umrzoqov.

 

Prezident administratsiyasi yangi rahbariyati islohotlarni aynan sud tizimidan boshlagani bejiz emas. So‘nggi paytlarda aholi tomonidan tizim bo‘yicha shikoyatlar soni keskin ortib ketgani kuzatilmoqda.

 

Bundan avval Shavkat Mirziyoyev o‘z maslahatchisi Baxtiyor Islomov nomzodini Oliy sud raisi lavozimiga, Kozimjon Komilov nomzodini Konstitutsiyaviy sud sudyasi lavozimiga ko‘rsatib, Senatga taqdimnomalar kiritgandi. 

 

Senatning o‘ttizinchi yalpi majlisida prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan taqdim qilingan nomzodlar lavozimga tasdiqlandi. 

 

Maʼlumot uchun: Baxtiyor Islomov bungacha prezidentning huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi sifatida ishlab kelayotgandi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Jamoatchilik O‘zbekistondagi sud tizimidan norozi | Zamon.uz