Bugun xalqaro yoshlar kuni: O‘zbekistonda yoshlar soni qancha?
Davlat statistika qo‘mitasi bu haqda muʼlumot berdi.

2022 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 14–30 yoshdagi jami doimiy aholi soni 9 million 685 ming 564 nafarni tashkil etgan.
O‘g‘il bolalar – 4 954 910 nafar,
Qiz bolalar – 4 730 654 nafar.
"Bugungi sana bilan yurtimizdagi barcha yoshlarni tabriklaymiz. Qariyb 10 millionga yaqin aziz yoshlarimizga shu yurtning rivoji uchun munosib hissa qo‘shadigan yuksak salohiyatli kadrlar bo‘lishini tilab qolamiz", — deyiladi xabarda.







