Prezident uy-joy va mashinasozlik sohasidagi tannarxning oshib ketishiga xavotir bildirdi
Davlatimiz rahbari ayni paytda Bekobod shahrida metallurgiya sohasi vakillari va tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.

Yig‘ilishda kelajakdagi kutilayotgan xavotirlar va ularning oldini olish bo‘yicha ham fikr bildirildi.
"Metallurgiya sohasida xomashyo bilan bog‘liq muammolar haqida ko‘proq o‘ylashimiz kerak. Bugungi kunda 4 million tonna metalga ehtiyojimiz bor, lekin ularning yarmini import qilyapmiz. Kelgusida esa ehtiyojimiz 6 million tonnaga yetadi. Shundan asosiy ehtiyoj uy-joy sohasida 15 foiz, mashinasozlik sohasida 40 foizga to‘g‘ri keladi. Agar o‘zimizda xomashyo bazasini yaratish tizimini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ymasak, uy-joylar va mashinasozlik mahsulotlarining tannarxi oshib boraveradi. Bu esa oxir-oqibat aholiga qiyinchilik tug‘diradi", – dedi davlat rahbari.







