Jamiyat

Jizzaxda 3 yoshli qizcha kaltaklanishi oqibatida vafot etdi

Qizaloqning o'ng qo'li singani, yuz-ko‘zlari ko‘karib, shishib ketgani aytilmoqda.

Jizzaxda 3 yoshli qizcha kaltaklanishi oqibatida vafot etdi

 

Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida 3 yoshli qizaloq olgan og‘ir tan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etgan. Prokuratura ma'lumotlari buning haqiqatan ekanini tasdiqladi.  

 

Ma’lumotlarga ko’ra, marhum qizaloqni yaqin qarindoshi kaltaklab, og‘ir tan jarohati yetkazgan.

 

Hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Lekin moddaning qaysi bandi bo‘yicha ish yuritilayotgani aytilmagan.

 

Agar qizaloq vafot etgani hisobga olinsa, holat Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) “d” bandi jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lsa — sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi ta’kidlangan.

 

Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, qizaloq 12-avgust kuni Paxtakor tumani markaziy shifoxonasining shoshilinch reanimatsiya bo‘limiga o‘ta og‘ir holatda olib kelingan.

 

Qizchaning onasi Turkiyaga ishlash uchun ketgan, u xolasining qo‘lida qolgani aytilmoqda. Qizcha shunchalik xo‘rlaganki, ko‘karmagan joyi qolmagan. O‘ng qo‘li singan, yuz-ko‘zlari ko‘karib, shishib ketgan. Hamma joyida shilingan, ko‘karishlar bor, og‘iz bo‘shlig‘i — milklari yiringlab ketgan.

Jizzaxda 3 yoshli qizcha kaltaklanishi oqibatida vafot etdi | Zamon.uz