Shavkat Mirziyoyev Ka’batullohni tavof qildi
Ayni paytda Prezident Masjidul Haromda Umra ziyoratini amalga oshirmoqda.

Bugun, 19 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga rasmiy tashrifi doirasida Masjidul Haromda Umra ziyoratini amalga oshirmoqda.
Prezident Ka’batulloh ichiga kirib, to‘rtala tomonga qarab 2 rakatdan namoz o‘qidi va Vatan, xalq farovonligini so‘rab, yig‘lab duo qilgan. Shuningdek, Ka’batulloh devorlarini artib, tozaladi.
Shavkat Mirziyoyev Ka’batullohni tavof qilib, Maqomi Ibrohim ortida 2 ra’kat namoz o‘qiganlaridan so‘ng sa’y amalini bajarishga kirishdi. Bunda Safo tepaligidan Marva tepaligi tomon ezgu niyat va duolar qilib, 7 martta yurib borib kelinadi. Yuqorida yashil chiroq yonib turgan joydan biroz yugurib o‘tiladi.







