Bugun To‘qayev Ozarbayjonga boradi
Bokuda ikki davlat rahbarlarining keng doiradagi uchrashuvlari rejalashtirilgan.

«24 avgust kuni Davlat rahbari Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Bokuga boradi.
Ozarbayjon poytaxtida ikki davlat rahbarlarining kichik va kengaytirilgan uchrashuvlari rejalashtirilgan. Muzokaralar chog‘ida Qozog‘iston — Ozarbayjon strategik sherikligini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqilib, savdo-iqtisodiy, transport-logistika, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni yana-da mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratiladi.
Shu bilan birga, bir qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanadi», — deyiladi Oq O‘rda matbuot xizmati xabarida.







