0

Ayol bog‘chada eri tomonidan do‘pposlandi

Hodisa bolalar ko‘z o‘ngida, Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanida sodir bo‘lgan.

Ayol bog‘chada eri tomonidan do‘pposlandi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro rashk sabab xotinini bog‘cha bolalari oldida bo‘g‘ib, ayovsiz kaltaklanayotgani aks etgan videoxabar tarqaldi.

 

Maʼlum bo‘lishicha, er rashk sabab xotini ishlaydigan xususiy bog‘chaga borib, janjal ko‘targan va bolalar ko‘z o‘ngida ayolini bo‘g‘ib, kaltaklagan. Tasvirda bolalar bu holatdan qo‘rqib ketib yig‘layotganini ko‘rish mumkin.

 

Toshkent shahar IIBB Matbuot kotibining maʼlum qilishicha, mazkur holat yuzasidan hududiy IIB tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda. 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"