Jamiyat

24 nafar gumonlanuvchi oilasiga qaytarildi

Ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi uy qamog‘i bilan almashtirildi.

24 nafar gumonlanuvchi oilasiga qaytarildi

 

Bosh prokuratura tomonidan Qoraqalpog‘istonda bo‘lib o‘tgan voqealarni mustaqil ravishda o‘rganayotgan Komissiya aʼzolari taklifi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi iltimosnomasiga ko‘ra, 24 nafar gumonlanuvchi jamoat kafilligi asosida o‘z oilasiga qaytarildi.

 

Ularga nisbatan belgilangan qamoq ehtiyot chorasi insonparvarlik tamoyili asosida jamoatchilik nazorati va uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasiga almashtirildi.

 

Bunda ushbu fuqarolarning Qoraqalpog‘istonda bo‘lib o‘tgan voqealarda sodir etgan qilmishlaridan pushaymon ekanligi, qaramog‘ida voyaga yetmagan farzandlari borligi, shuningdek oilaviy sharoiti og‘ir ekanligi, baʼzi shaxslarning oilada yolg‘iz boquvchi bo‘lganligi eʼtiborga olindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"