O‘zbekistonda anor festivali o‘tkaziladi
Ushbu festival ilk marotaba tashkil etilmoqda.

Joriy yilning 5-oktabr kuni Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida respublika miqyosidagi Birinchi anor festivali o‘tkaziladi.
Tadbir Yevropa Ittifoqi komissiyasi, Jahon banki, O‘R Qishloq xo‘jaligi vazirligi, vazirlik huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi, Surxondaryo viloyati hokimligi, O‘zbekiston Anorchilar assotsiatsiyasi, «Annexure Financial Solutions» konsalting kompaniyasi va “ShirinMeva” jurnali tomonidan tashkil etiladi.







