Jahon

OPEK+ yig‘ilishi arafasida neft narxi 2 foizga oshdi

Neft narxi dushanba kuni bir barrel uchun bir dollardan ko‘proqqa ko‘tarildi.

OPEK+ yig‘ilishi arafasida neft narxi 2 foizga oshdi

 

Bu bilan neft OPEK+ yig‘ilishi oldidan o‘sishda davom etdi. Chunki investorlar neft ishlab chiqarishni qisqartirishini va narxlarni bir xil darajada ushlab turishini kutmoqda.

 

Dushanba kuni Brent fyucherslari juma kuni 0,7 foizga oshganidan keyin 1,88 dollarga yoki 2 foizga oshib, bir barrel uchun 94,90 dollarni tashkil qildi.

 

AQSHning West Texas Intermediate (WTI) bir barreli 88,60 dollarga sotildi, bu avvalgi sessiyada 0,3 foizga oshganidan keyin 1,73 dollarga yoki 2 foizga qimmatlashdi.

 

Dushanba kuni AQSH bozorlari Mehnat kuni munosabati bilan yopiladi.

 

Dushanba kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPEK) va uning ittifoqchilari, yaʼni birgalikda OPEK+ deb ataladi, taʼminot yetishmovchiligiga qaramay, joriy narxlar darajasini qo‘llab-quvvatlash uchun ishlab chiqarishning joriy darajasini saqlab qolish yoki hattoki ishlab chiqarishni qisqartirishga qaror qilishlari kutilmoqda.

 

CMC Markets bozor tahlilchisi Tina Tang shunday dedi: «OPEK+ Xitoyning ayrim qismlarida cheklovlarning qayta tiklanishi tufayli talabning uzilishi sharoitida neft narxini pasaytirish uchun ishlab chiqarishni yetarlicha qattiq ushlab turishi mumkin.

 

Dunyoda ikkinchi yirik neft ishlab chiqaruvchi va OPEK+ ning asosiy aʼzosi bo‘lgan rossiya hozirda ishlab chiqarishni qisqartirishni qo‘llab-quvvatlamaydi. Shu sababli, dushanba kuni bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishda neft eksportchilari ishlab chiqarishni bir xil darajada ushlab turishi ehtimoli bor, deb xabar qildi yig‘ilish arafadasida Wall Street Journal nomi nomaʼlum manbalarga tayanib.

 

ANZ (Australia and New Zealand Banking Group) tahlilchilari: «Biz guruh ishlab chiqarishni o‘zgarmasligini kutayotgan bo‘lsak-da, ritorika yuqori bo‘lishi mumkin, chunki u so‘nggi narxlarning pasayishiga to‘sqinlik qiladi».

 

«Buqa bozori» (bull factor) - bu bozor ishtirokchilarining maʼlum bir vaqtda narxlarni oshirish uchun o‘ynaydigan harakatlarini tavsiflovchi o‘ziga xos atama. Ular aktivning hozir va kelajakda narxi oshishiga ishonishadi va bu ularni kotirovkalarning o‘sishidan daromad olishga harakat qilishga undaydi. «Buqa bozori»dan farqli o‘laroq, «ayiq bozori« mavjud bo‘lib, u aktivlar narxi uzoq vaqt davomida pasayadigan davrni anglatadi.

 

Joriy yilning mart oyida ko‘p yillik eng yuqori ko‘rsatkichga erishganidan so‘ng, so‘nggi uch oy ichida neft narxi tushib ketdi. Bu pasayish dunyodagi eng yirik neft importchisi bo‘lgan Xitoyning baʼzi qismlarida foiz stavkalarining oshishi va koronavirusga qarshi cheklovlar qo‘rquvi fonida sodir bo‘ldi. Bu omillar, o‘z navbatida, global iqtisodiy o‘sishni sekinlashtirishi va neftga bo‘lgan talabni kamaytirishi mumkin.

 

Ayni paytda Xitoyning 33 shahri qisman yoki to‘liq lokdaun ostida, chunki Pekin COVID-19 ga nisbatan qatʼiy siyosat yuritadi. Mahalliy ommaviy axborot vositalarining hisob-kitoblariga ko‘ra, karantin choralari 65 milliondan ortiq odamga taʼsir ko‘rsatdi.

 

Shu bilan birga, 2015 yilda tuzilgan G‘arbning Eron bilan yadroviy kelishuvini qayta tiklash bo‘yicha muzokaralar cho‘zilib ketmoqda. Kutilganidek, kelishuv Tehronga eksport hajmini oshirish va jahon bozoriga global neft yetkazib berishni yaxshilash imkonini berishi mumkin.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"