0

Toshkentda yangi avtobus yo‘nalishi yo‘lga qo‘yildi

Avtobuslar “Mahalliy havo yo‘llari aeroporti-3 — Elektroapparat ICHB” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanadi.

Toshkentda yangi avtobus yo‘nalishi yo‘lga qo‘yildi

 

Poytaxtda bugundan yangi avtobus yo‘nalishi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqida “Toshshahartransxizmat” xabar berdi.

 

Toshkentda 137-sonli “Mahalliy havo yo‘llari Aeroporti-3 – Elektroapparat ICHB” yangi avtobus yo‘nalishi harakati tashkil etildi.

 

Unga ko‘ra, yo‘nalish harakati to‘g‘ri yo‘nalishda “Mahalliy havo yo‘llari Aeroporti-3” bekatidan THAY, Qo‘shqo‘rg‘on, Qo‘shqo‘rg‘on 2-tor, Yangi Qo‘yliq, Fayzobod 1-tor, Beshkent, Eski Otchopar, Farg‘ona yo‘li ko‘chalari orqali “Elektroapparat ICHB” bekatiga qadar harakatlanadi.

 

Avtobuslar qaytish yo‘nalishda “Elektroapparat ICHB” bekatidan Farg‘ona yo‘li, Eski Otchopar, Beshkent, Fayzobod 1-tor, Yangi Qo‘yliq, Qo‘shqo‘rg‘on 2-tor, Qo‘shqo‘rg‘on, THAY, Qumariq ko‘chalari orqali “Mahalliy havo yo‘llari Aeroporti-3” bekatiga qadar harakatlanadi.

 

Maskur yo‘nalishdagi avtobuslar soat 6:00 dan 21:30 gacha o‘z faoliyatini olib boradi.

 

Yo‘nalishdagi jadvallar soni ISUZU rusumli avtobuslar asosida ish kunlariga 4 ta, shanba kunlariga 3 ta, va yakshanba kunlariga 2 ta etib belgilangan.

 

Maʼlumot uchun, yangi yo‘nalish jamoat transporti tizimini uning barcha turlarini uzviy bog‘lagan holda kompleks rivojlantirish, aholining jamoat transportidan foydalanish darajasini oshirish maqsadida yo‘lga qo‘yildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"