Jamiyat

Kitoblarni otib tarqatgan maktab o‘qituvchisi va direktori ishdan olindi

Bu Nurobod tuman xalq taʼlimi bo‘limi tomonidan tuzilgan ishchi guruh o‘rganishlarida maʼlum bo‘ldi.

Kitoblarni otib tarqatgan maktab o‘qituvchisi va direktori ishdan olindi

 

Nurobod tuman hokimligi Axborot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, holatni tuman xalq taʼlimi bo‘limi tomonidan tuzilgan ishchi guruh o‘rgandi.

 

O‘rganishlar davomida tumandagi 1-son umumiy o‘rta taʼlim maktabining 4-“d” sinf rahbari Shohida G‘offorova sinf o‘quvchilariga maktab darsliklari va mashq daftarlarini qo‘pol tarzda, o‘qituvchi etikasi va odob-axloq qoidalariga zid ravishda, sinfdan tashqari holatda tarqatganligi maʼlum bo‘ldi.

 

O‘qituvchiga xos bo‘lmagan hislatda xatti-harakat qilganligi sababli umumiy o‘rta taʼlim maktabining 4-“d” sinf rahbari Sh.G‘offorova bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

 

Shuningdek, maktab darsliklari va mashq daftarlari tarqatilish jarayonini nazoratga olmagani hamda masʼuliyatsizlikka yo‘l qo‘yganligi sababli maktab direktori E.Hamrayev egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.

Kitoblarni otib tarqatgan maktab o‘qituvchisi va direktori ishdan olindi | Zamon.uz