0

Toshkentda salkam 60 tup daraxt kesib tashlandi

Bu orqali o‘simlik dunyosiga qariyb 800 mln so‘m zarar yetkazilgani aytilmoqda.

Toshkentda salkam 60 tup daraxt kesib tashlandi

 

Toshkent shahar Chilonzor tumani Chilonzor ko‘chasida “DREAM HOUSE STROY” nomli MCHJga tegishli yer maydonidagi jami 58 dona har hil turdagi manzarali va mevali daraxtlar ildiz qismlari bilan qo‘porib tashlanganligi aniqlandi. Bu Davlat ekologiya qo‘mitasi o‘tkazgan tekshiruvda maʼlum bo‘ldi.

 

Daraxtlarni muhofaza qilish va saqlashga doir qonunchilikda belgilangan choralarni ko‘rmaganligi natijasida o‘simlik dunyosiga jami 797 mln 700 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.

 

MJtKning 1976-moddasi, JKning 198-moddasiga asosan javobgarlikka tortish masalasini ko‘rib chiqish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"