Jamiyat

Samarqandda folbin 200 ming dollarlik uyni nomiga o‘tkazib oldi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Samarqandda folbin 200 ming dollarlik uyni nomiga o‘tkazib oldi

 

Joriy yilning avgust oyida Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i nomiga 44 yoshli R.D. ariza bilan murojaat qilgan. Arizada keltirilishicha, unda xolasi 59 yoshli B.L. onasi 67 yoshli B.G.ga o‘zining diniy tabib ekani va uning davolanishi kerakligini aytib, ishonchiga kirgan. Hamda uni davolash uchun diniy tomondan zakot sifatida qiymati 200 ming AQSH dollari bo‘lgan uyni o‘tkazib berishni aytib, ushbu uyni o‘zining nomiga notarial tartibda rasmiylashtirib olgani maʼlum qilingan.

 

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Samarqandda folbin 200 ming dollarlik uyni nomiga o‘tkazib oldi | Zamon.uz