Jamiyat

Farg‘onada plastik kartadan pul o‘g‘irlandi

Bu kabi jinoyat sodir etganlikda 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanishi mumkin.

Farg‘onada plastik kartadan pul o‘g‘irlandi

 

Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, o‘zganing plastik kartasidan 6,5 million so‘mni yechib olgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

 

Aniqlanishicha, 4-avgust kuni M.S. ismli fuqaro Telegram orqali voyaga yetmagan farzandlari bo‘lsa, moddiy yordam berilishini aytib, fuqaro F.Z.ning ishonchiga kirgan.

 

Buning uchun guruhga plastik karta raqamini yuborishi haqida yolg‘on xabar jo‘natib, tegishli bank tomonidan berilgan plastik karta raqamini ko‘lga kiritgan va karta hisobida bo‘lgan jami 6 million 582 ming so‘m pullarini firibgarlik yo‘li bilan yechib olgan.

 

Ushbu holat yuzasidan Farg‘ona tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “v” bandi (Firibgarlik) bilan jinoyati ishi qo‘zg‘atilgan.

Farg‘onada plastik kartadan pul o‘g‘irlandi | Zamon.uz