Shavkat Mirziyoyev Samarqandda
Davlat rahbari tashrifini Imom Buxoriy maqbarasi va Birinchi Prezident Islom Karimov qabrini ziyorat qilishdan boshladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 13-sentabr kuni Samarqandga keldi.
Davlat rahbari dastlab Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi. Qurʼon tilovat etilib, duo o‘qildi. Shavkat Mirziyoyev Birinchi Prezident Islom Karimov qabrini ham ziyorat qildi.
Ayni kunlarda Samarqand ulkan siyosiy voqealar taraddudida. Ertadan oliy darajadagi tashriflar boshlanadi. 15-16 sentyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining 22-majlisi bo‘lib o‘tadi.







