Eron prezidenti so‘nggi 20 yilda ilk bor O‘zbekistonga tashrif buyurdi
Oliy martabali mehmonni Samarqand xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.





Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy 14 sentabr kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.Ikki davlat o‘rtasidagi muzokaralar va tashrif doirasidagi tadbirlarda ko‘p qirrali munosabatlarni yana-da rivojlantirish ko‘rib chiqiladi. Savdo, kooperatsiya, innovatsiyalar, transport, energetika, turizm va boshqa yo‘nalishlardagi amaliy hamkorlik borasida qator qo‘shma hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.






15-16 sentabr kunlari Prezident Ibrohim Raisiy SHHTning Samarqand sammiti tadbirlarida qatnashadi.







