0

Misr va Qatar ShHTning muloqot bo‘yicha hamkori maqomini oldi

Joriy yilda Belarus tashkilotga to‘laqonli aʼzo bo‘lish uchun rasman ariza topshirdi.

Misr va Qatar ShHTning muloqot bo‘yicha hamkori maqomini oldi

 

Misr va Qatar Shanxay hamkorlik tashkilotining muloqot bo‘yicha hamkori maqomini oldi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi

 

“14-sentabr kuni Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida Misr Arab Respublikasi va Qatar davlatiga ShHT muloqotida sherik maqomini berish to‘g‘risidagi memorandumlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi”, — deyiladi xabarda.

 

Hujjatlarni ShHT Bosh kotibi Chjan Ming, Misr tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Hamdi Sanad Loza va Qatar tashqi ishlar davlat vaziri Sulton bin Saad al-Mureyxi imzoladi.

 

Maʼlumot uchun: SHHT 2001 yilda tashkil etilgan xalqaro tashkilotdir. Unda Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Pokiston va O‘zbekiston ishtirok etadi. Kuzatuvchi davlatlar – Afg‘oniston, Belarus, Eron va Mo‘g‘uliston, hamkor davlatlar – Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka. Joriy yilda Belarus SHHTga to‘laqonli aʼzo sifatida kirish uchun rasman ariza topshirdi.

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Misr va Qatar ShHTning muloqot bo‘yicha hamkori maqomini oldi