Erdo‘g‘on va Putin Rossiya gazi uchun rubl va lirada to‘lash masalasini muhokama qiladi
Bugun oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi.

Turkiya Prezidenti va Rossiya yetakchisi Samarqandda Rossiya gazi uchun pul to‘lashda rubl va liraga o‘tish masalasini muhokama qilishi kutilmoqda. Bu haqda RIA Novosti‘ga Anqaradagi diplomatik manba maʼlum qildi.
▪️Rossiya va Turkiya prezidentlari avgust oyi boshidan Rossiya gazi uchun qisman to‘lovlarni rublda boshlashga kelishib oldilar.
▪️Vladimir Putin Samarqandga yetib keldi. Bugun oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi, juma kuni esa SHHTga aʼzo davlatlar rahbarlari sammitining rasmiy tadbirlari boshlanadi.







