Salomatlik

Farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirish qoidalari tasdiqlandi

Qaysi hollarda sertifikatlashtirish rad etilishi maʼlum qilindi.

Farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirish qoidalari tasdiqlandi

 

Farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirish qoidalari Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Mazkur qoidalarga ko‘ra, farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirish akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organlari tomonidan amalga oshiriladi.

 

Farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirish uchun arizachi elektron shakldagi ariza hamda unga ilova qilinadigan hujjatlar “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali sertifikatlashtirish organlariga yuboradi.

 

Sertifikatlashtirish organlari 2 kunda arizani ko‘rib chiqib sertifikatlashtirishni o‘tkazish to‘g‘risida qaror qiladi yoki arizachiga rad etilganligi to‘g‘risida asoslantirilgan xulosa beradi.

 

Sertifikatlashtirish quyidagi hollarda rad etiladi:

 

  • arizada maʼlumotlar to‘liq ko‘rsatilmaganda va (yoki) arizaga ilova qilingan hujjatlar to‘liq taqdim etilmaganda;
     
  • sertifikatlashtirish uchun taqdim etilgan farmatsevtika mahsuloti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaganligi aniqlanganda;
     
  • sertifikatlashtirish uchun taqdim etilgan farmatsevtika mahsuloti qalbakilashtirilganligi aniqlanganda.

 

 

Sertifikatlashtirishni o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan boshlab 2 kunda sertifikatlashtirishni o‘tkazish uchun farmatsevtika mahsulotlari saqlanayotgan joyga chiqqan holda namunalarni identifikatsiya qilish va tanlab olish ishlari amalga oshiriladi.

 

Farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirish natijalari bo‘yicha to‘plangan hujjatlar sertifikatlashtirish organining farmatsevtika mahsulotini sertifikatlashtirishda ishtirok etmagan xolis xodimiga taqdim etiladi.

 

Xolis xodim (texnik qo‘mita) sertifikatlashtirish natijalari bo‘yicha to‘plangan hujjatlarni 1 kun ichida ko‘rib chiqadi hamda muvofiqlik sertifikatini berish yoki uni berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"