Putin, Rahmon va Berdimuhamedov ham Samarqandga yetib keldi
Davlat rahbarlarini Abdulla Aripov kutib oldi.

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bugun, 15-sentabr kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun Samarqand shahriga keldi.
Xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
So‘ng Tojikiston rahbari Hazrati Xizr yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov qabriga gul qo‘ydi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun Samarqand shahriga yetib keldi.
Tashrifning birinchi kunida oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi.
– O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarishga qaratilgan ikki tomonlama hujjat imzolanadi.
– 16-sentabr kuni Vladimir Putin SHHT sammitida ishtirok etadi.







