0

Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Lukashenkoni qabul qildi

O'zbekiston Prezidenti Mirziyoyev ikki mamlakat munosabatlari do‘stlik va sheriklik ruhida muvaffaqiyatli rivojlanib borayotganini taʼkidladi.

Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Lukashenkoni qabul qildi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15 sentyabr kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 

Uchrashuv avvalida Aleksandr Lukashenko Prezidentimizga taklif uchun tashakkur izhor etdi hamda Belarus Respublikasini ushbu nufuzli xalqaro tuzilmaga qabul qilish tartibotini boshlash masalasini qo‘llab-quvvatlagani uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

 

Ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar, ko‘p qirrali amaliy sheriklikni izchil kengaytirish, xalqaro va mintaqaviy siyosat yuzasidan fikr almashildi.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston-Belarus munosabatlari do‘stlik va sheriklik ruhida muvaffaqiyatli rivojlanib borayotganini taʼkidladi.

 

O‘zaro savdo-iqtisodiy hamkorlik faollashgan. Tovar ayirboshlash o‘tgan yilda 44 foizga, joriy yilning yetti oyida esa yana 12 foizga oshdi.

 

Tomonlar ikki mamlakatda savdo uylari va logistika markazlari tarmog‘ini kengaytirish, oziq-ovqatni tezlashtirilgan tarzda yetkazib berish bo‘yicha “Agroekspress” loyihasini ishga tushirish, tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashtirish bo‘yicha elektron tizimini joriy qilishga kelishib oldilar.

 

O‘zbekiston va Belarus yetakchilari mashinasozlik, agrosanoat, kimyo, farmatsevtika va elektrotexnika tarmoqlarida sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha o‘ziro manfaatli sheriklikni ilgari surish zarurligini qayd etdilar.

 

Mamlakatlarimiz hududlarining salohiyatidan samarali foydalanish muhimligi taʼkidlandi. Davlatimiz rahbari O‘zbekistonda ikkinchi Hududlararo forumni o‘tkazishni taklif etdi.

 

Tomonlar madaniy-gumanitar yo‘nalishda, birinchi navbatda taʼlim va kinematografiya sohalaridagi hamkorlik faol rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"