0

ShHT sammiti: nimalar kutilyapti?

Bugun ShHT davlat rahbarlari kengashining Samarqand sammitiga start beriladi.

ShHT sammiti: nimalar kutilyapti?

 

Pandemiya davrida masofaviy va gibrid shaklda o‘tgan uchrashuvlardan so‘ng ilk bor barcha yetakchilar yuzma-yuz ko‘rishadi. Shuning o‘ziyoq uning ahamiyatini ko‘rsatib turibdi.

 

ShHTning ushbu sammiti tashkilotning haqiqiy muloqot platformasi ekanini yana bir bor isbotladi. Turli kuch markazlari o‘rtasida qarama-qarshilik kuchaygan, keskin va ortga qaytmas o‘zgarishlar sodir bo‘layotgan bir davrda muzokara va muloqotlar muhim hisoblanadi. Bugun O‘zbekistonda Uzoq Sharqdan O‘rtayer dengizigacha bo‘lgan davlatlar yetakchilari jamlanadi. Ular orasida dunyoning iqtisodiy yetakchisi bo‘lgan Xitoy, harbiy jihatdan qudratli Rossiya, shiddat bilan o‘sib borayotgan Hindistondan tortib NATOning eng muhim aʼzolaridan biri Turkiya bor. Bundan tashqari, Markaziy Osiyo davlatlari so‘nggi 3 oyda ikkinchi marta bir joyda to‘planadi.

 

Tashkilot uchun ilk natijalar maʼlum: 14 sentabr kuni Qatar va Misr SHHTda muloqot bo‘yicha hamkorga aylandi. Misr qo‘shilishi hisobiga ShHT geografiyasi Afrikagacha kengaydi.

 

Kuni kecha Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi boshlanishi to‘g‘risida imzolangan shartnomani ham eng katta yutuqlardan deyish mumkin. Umuman olganda, yangi transport yo‘laklari masalasi dolzarbligini O‘zbekiston tomoni kun tartibiga olib kirdi. Ayniqsa, so‘nggi geosiyosiy o‘zgarishlar bu masalaning naqadar dolzarb ekanini yana bir bor ko‘rsatdi. Shu maʼnoda temiryo‘l qurilishi bo‘yicha shartnomani tom maʼnoda inqilobiy deyish mumkin: bu nafaqat uch davlat, balki butun ShHT doirasida savdo va tovar ayirboshlash jarayonlarini kengaytirishi va iqtisodiy munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishi mumkin.

 

Shu bilan birga sammit doirasida rejalashtirilgan ikki tomonlama muzokaralar ham katta ahamiyatga ega: turli maʼlumotlarga ko‘ra, bu jarayonlarda nafaqat tashkilot faoliyatiga oid, balki, global darajadagi masalalar ko‘tariladi: masalan, Turkiya prezidenti rossiyalik hamkasbi bilan “g‘alla kelishuvi”ni muhokama qilmoqchi; Vladimir Putin, o‘z navbatida, Eron rahbari Ibrohim Raisiy bilan Eron yadro kelishuvini tiklash jarayonlarini gaplashmoqchi; Ozarbayjon-Armaniston chegarasidagi so‘nggi voqealardan so‘ng Ilhom Aliyev bilan muloqotda albatta, Kavkazortidagi vaziyat ko‘tariladi. Ayrim kuzatuvchilar Samarqand sammitining eng katta ahamiyatini asosan ikki tomonlama muzokaralarda ko‘rmoqda.

 

Asrlar davomida diplomatiya va muloqot markazi bo‘lgan Samarqand bugun yana bir bor shu missiyani bajarishga tayyor. Sammitdan so‘ng ShHT tarixida yangi bosqich boshlanishi, shubhasiz.

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"