Jahon

Niderlandiya bosh aeroporti rahbari isteʼfoga chiqdi

Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqin vaqt ichida aeroportda yangi xavfsizlik choralari joriy etiladi.

Niderlandiya bosh aeroporti rahbari isteʼfoga chiqdi

 

Niderlandiyaning “Schiphol” aeroporti (Amsterdam) ijrochi direktori Dik Benshop aeroportdagi bir necha oylik tartibsizliklardan so‘ng isteʼfoga chiqdi. Biroq uning o‘rniga boshqa shaxs topilmaguncha o‘z lavozimida qoladi. Bu haqda mahalliy ОАV xabar berdi.

 

2018 yildan beri “Schiphol” guruhini boshqarib kelayotgan Dik Benshop aeroport muammolarni qanday hal qilgani va bosh direktor sifatida o‘z vazifalarini qanday bajargani haqida ko‘p tanqidlar bo‘lganini taʼkidladi.

 

«Men o‘z xohishim bilan ketyapman, “Schiphol”ga yangi boshlanish berish uchun», — dedi u matbuot bayonotida.

 

Niderlandiya matbuotining yozishicha, yo‘lovchilar xavfsizlik xodimlarining yetishmasligi va bagajga ishlov berish bo‘yicha xodimlar yo‘qligi sababli bir necha oydan beri aeroportda uzoq navbatlarda turishgan va bu hafta rasmiylar davom etayotgan muammolar tufayli aviakompaniyalarni parvozlarni bekor qilishga chaqirgan.

 

Yozda xodimlariga soatiga 5,25 yevro miqdorida qo‘shimcha haq to‘langan, biroq sentyabr oyining boshidan bu qo‘shimcha to‘lov bekor qilingan.

 

Masalan, dushanba kuni xavfsizlik xodimlarining 13 foizi ishga kelmagan. Luchtvaartnieuws.nl veb-saytiga ko‘ra, aeroport rasmiylari aviakompaniyalardan oktyabr oyida reyslarni 18 foizga qisqartirishni so‘ramoqda.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"