Jahon

Qozog‘istonda prezident vakolat muddati uzaytiriladi

Toqayev Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirishlarni tasdiqladi.

Qozog‘istonda prezident vakolat muddati uzaytiriladi

 

Qozog‘iston rahbari Qosim-Jomart Toqayev Konstitutsiyaga bir martalik 7 yillik prezidentlik vakolatini joriy etish to‘g‘risidagi o‘zgartirishlarni imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

 

Toqayev joriy yilning 1-sentabr kuni xalqqa murojaat yo‘llab, shu yilning kuzida navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarini o‘tkazishni taklif qilgandi. Shu bilan birga, u saylovlardan so‘ng prezidentlik muddatini besh yildan yetti yilgacha, qayta saylanish huquqisiz oshirish tashabbusi bilan chiqqan.

 

Konstitutsiyadagi o‘zgartirishlarga ko‘ra, endi bir shaxs ketma-ket ikki marta prezidentlikka saylana olmaydi.

 

Qonun loyihasida poytaxt nomini Nur-Sultondan Ostonaga o‘zgartirish to‘g‘risidagi band ham bor edi. 15-sentabr kuni parlament ushbu qonunni bir ovozdan qabul qilib, imzolash uchun prezidentga yuborgan.

 

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"