To‘qayev AQSHga boradi
Bu haqda Oq O‘rda xabar berdi.

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim Jo‘mart To‘qayev amaliy tashrif bilan Nyu-Yorkka boradi.
"Davlat rahbarining tashrif dasturi qatʼiy. Prezident BMT Bosh Assambleyasining 77-sessiyasining umumiy munozaralarida ishtirok etadi", — deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, To‘qayev davlatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari, AQSHning yirik moliya institutlari va transmilliy kompaniyalari rahbarlari, ekspert guruhlari vakillari bilan bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.







