Yaponiyadagi to‘fon tufayli 200 mingga yaqin uy elektr taʼminotisiz qoldi
Yakshanba kuni Yaponiyaning janubiy qismiga tarixdagi eng kuchli tayfunlardan biri yopirildi.

Uning qurbonlari va vayronagarchiliklari haqida hozircha maʼlumot yo‘q.
Meteorologlar tomonidan «Nanmadol» deb nomlangan to‘fon yakshanba kuni kechqurun (Yevropada ertalab) Yaponiyaning to‘rtta asosiy orollarining eng janubiy qismidagi Kagosima shahrining yaqinidagi Kyusyu shahriga yetib keldi.
Tayfun hududida shamol tezligi soatiga 234 kilometrga (sekundiga 65 metr) yetadi. Yaponiya meteorologiya xizmati maʼlumotlariga ko‘ra, bir sutkadan kamroq vaqt ichida baʼzi joylarda 500 mm ga yaqin yomg‘ir yog‘gan. London yoki Moskvada, masalan, bir oz ko‘proq - 600-700 mm - o‘rtacha hisob bilan yiliga tushadi.
Bunday misli ko‘rilmagan jala suv toshqinlari, sel va ko‘chkilar xavfini tug‘diradi. Rasmiylar to‘rt millionga yaqin odamni evakuatsiya qilishga chaqirdi (orolning umumiy aholisi 13 million kishi). Kyusyuga poyezdlar, paromlar va reyslar to‘xtatildi.
To‘fon kelganidan ko‘p o‘tmay, orolda 200 mingga yaqin uy elektr taʼminotisiz qolgan.







