Jamiyat

Sergelining ayrim hududlari gazsiz qoldi

Tumandagi gaz quvuriga avtopilot uzelini o‘rnatish ishlari rejalashtirilgan.

Sergelining ayrim hududlari gazsiz qoldi

 

"Hududgaz poytaxt" xabar qilishicha, bugun, 20 sentyabr kuni soat 10:00 dan 17:00 ga qadar Bunyodobod, Yangi Bunyodobod mahallalaridagi 23 ta ko‘p qavatli uylardagi 2 587 ta xonadonlarda hamda 5 ta ulgurji tashkilotlarda gaz taʼminoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

 

Shundan:

 


1. Ovqatlanish shoxobchasi -1 ta;

2. Nonvoyxona - 4 ta.

 

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

 

«Hududgaz poytaxt» gaz taʼminoti filiali taʼmirlash ishlari tufayli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun tabiiy gaz isteʼmolchilardan uzr so‘raydi, deyiladi xabarda. 

Sergelining ayrim hududlari gazsiz qoldi | Zamon.uz