Jahon

Germaniya "tenglar ichida tengroqlar" safiga qo‘shilmoqchi

Berlin BMT xavfsizlik kengashining doimiy aʼzosi bo‘lish istagini bildirdi.

Germaniya "tenglar ichida tengroqlar" safiga qo‘shilmoqchi

 

Germaniya BMT xavfsizlik kengashining doimiy aʼzosi bo‘lishi kerak. Bu haqda kansler Olaf Shols tashkilot Bosh assambleyasidagi chiqishida maʼlum qildi

 

"Germaniya o‘ziga katta majburiyat olishga tayyor — avvaliga 2027 va 2028 yillarda 10 ta o‘zgaradigan aʼzo bo‘lish, keyinchalik doimiy aʼzoga aylanish mumkin.

Men sizdan BMT prinsiplarini hurmat qiladigan, hamkorlikka intiladigan va taklif qiladigan davlat sifatida bizning nomzodimizni qo‘llab-quvvatlashni so‘rayman", — degan kansler.

 

Shu bilan birga u Xavfsizlik kengashini isloh qilishni, uning faoliyatini XXI asr chaqiriqlariga moslashtirishni taklif qilgan. Sholsning fikricha, kengash bundan 30, 50 va 70 yil oldingi davrga mos keladi. U Osiyo, Afrika va Janubiy Amerika mintaqasidagi davlatlarning dunyo sahnasida yana-da ko‘proq mavqega ega bo‘lishi lozimligini taʼkidlagan.

 

Maʼlumot o‘rnida: BMT Xavfsizlik kengashi tashkilotning eng asosiy organlaridan biri. Unga besh davlat: AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Rossiya va Xitoy doimiy aʼzo hisoblanadi. Qolgan aʼzolar har ikki yilda almashib turadi. Doimiy aʼzo davlatlar veto huquqiga ega, bu ularning istalgan qaror yoki rezolyutsiyani to‘xtatib qo‘yish imkonini beradi.

custom img

Netanyaxu G‘azo haqidagi filmni tanqid qildi: uni antisemitik targ‘ibot deb atadi

Isroil bosh vaziri Venetsiya kinofestivalida mukofotlangan “NAZA” hujjatli filmiga keskin munosabat bildirdi.

custom img

Xitoy sun’iy intellekt poygasini tanqid qildi: Pekin hamkorlikka chaqirdi

Pekin sun’iy intellekt sohasidagi raqobatni keskinlashtirish va texnologik ustunlikka intilish haqidagi qarashlarni tanqid qildi.

custom img

O‘zbekiston Birinchi xonimi Koreya Milliy saroy muzeyiga tashrif buyurdi

Ziroat Mirziyoyeva va Kim Xe Gyon ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.

custom img

Yevropada gaz narxi keskin oshdi: 2022-yil oxiridan beri eng yuqori ko‘rsatkich

Yevropa gaz bozori Yaqin Sharqdagi vaziyat va muhim transport yo‘nalishlarida yuzaga kelayotgan xavflar fonida bosim ostida qoldi.

custom img

Ko'mir konidagi fojia: 4 konchi halok bo‘ldi

Pokistondagi ko‘mir konida gaz portladi.

custom img

Usmonov sanksiyalar ro‘yxatidan chiqariladimi? Fransiya, Italiya va Xorvatiya taklifni qo‘lladi

Yevropa Ittifoqida individual sanksiyalarni uzaytirish uchun barcha a’zo davlatlarning bir ovozdan roziligi talab etiladi.

custom img

Sun’iy intellekt poygasi: AQSh Xitoydan ortda qolmoqchi emas

Tramp sun’iy intellekt rivojini sekinlashtirishga qarshi chiqdi.

custom img

Benzin narxi oshdi: Suriyada norozilik namoyishlari boshlandi

Energetika vazirligi huzuridagi maxsus qo‘mita tomonidan gaz va dizel yoqilg‘isi narxlari 25–40 foizga oshirilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"