Jahon

Tashqi ishlar vaziri YXHT bosh kotibi bilan uchrashdi

Uchrashuv BMT Bosh assambleyasining 77-sessiyasi doirasida bo‘lib o‘tgan.

Tashqi ishlar vaziri YXHT bosh kotibi bilan uchrashdi

 

BMT Bosh Assambleyasining 77-sessiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norovning Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Helga Mariya Shmid bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

 

TIV rahbari O‘zbekiston YXHTni harbiy-siyosiy, iqtisodiy, ekologik va insoniy o‘lchovlarda xavfsizlik masalalari bo‘yicha siyosiy muloqot uchun noyob xalqaro platforma deb bilishini qayd etdi.

 

O‘zbekiston va YXHT o‘rtasida hamkorlik kengayib borayotgani qayd etildi. Jumladan, 2021 yili Transmilliy tahdidlarga qarshi kurashish, inson huquqlarini himoya qilish, gender tengligini targ‘ib qilish, davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish, raqamli va «yashil» iqtisodiyotni rivojlantirish, atrof-muhitni muhofaza qilish kabi sohalarda YXHT loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi" qabul qilindi.

 

X. Shmid O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni, ayniqsa gender tengligini ta’minlash masalalariga qaratilayotgan e’tiborni olqishladi.


Rasmiy Toshkentning xorijiy sheriklar bilan hamkorlik va mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlikni rivojlantirish, shuningdek, qo‘shni Afg‘onistonga ko‘maklashish borasidagi sa’y-harakatlariga yuqori baho berildi.

 

Tomonlar, shuningdek, YXHTning O‘zbekistondagi loyiha faoliyatini harbiy-siyosiy, iqtisodiy, ekologik va insoniy o‘lchovlarda kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.

 

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"