Jahon

Pashinyan BMT bosh kotibiga Ozarbayjon ustidan shikoyat qildi

Shuningdek, u Yevroittifoqdan chegaradagi harbiy harakatlarga aniq baho berishni so‘radi.

Pashinyan BMT bosh kotibiga Ozarbayjon ustidan shikoyat qildi

 

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan Armaniston—Ozarbayjon chegarasidagi vaziyatni muhokama qildi.

 

Guterrish ikki davlat chegarasida davom etayotgan taranglikdan xavotir bildirib, mintaqaviy muammolarni tinch muzokaralar orqali hal etish muhimligini bildirgan.

 

Pashinyan Ozarbayjon bo‘linmalarini Armaniston Respublikasi suveren hududidan zudlik bilan olib chiqib ketish bo‘yicha xalqaro hamjamiyatning adekvat javobi muhimligini ta’kidlagan.

 

Bundan tashqari, u Yevropa kengashi rahbari Charlz Mishel bilan uchrashuvda xalqaro hamjamiyat, jumladan, Yevropa Ittifoqi tomonidan Ozarbayjon tajovuziga aniq va maqsadli baho berish zarurligini ta’kidlagan. Mishel muloqot va tinchlikni rivojlantirishga tayyorligini tasdiqlagan.

 

Eslatib o‘tamiz, Ozarbayjon va Armaniston chegarasida 13–14 sentyabr kunlari qurolli kuchlar o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘lgan. Unda Ozarbayjon tomonidan 80 nafar askar halok bo‘lgan.

 

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.