Salomatlik

“Tez yordam” faoliyati "Call back" tizimi orqali baholab borilmoqda

1 527 ta holatda fuqarolar qo‘ng‘iroqlariga javob berilmagan.

“Tez yordam” faoliyati "Call back" tizimi orqali baholab borilmoqda

 

— Aholiga sifatli tez tibbiy yordam ko‘rsatish “103” xizmati xodimlaridan katta masʼuliyat talab etadi, — deydi Respublika tez tibbiy yordam markazining Tez tibbiy yordam xizmatini muvofiqlashtiruvchi dispetcherlik markazi rahbari Davlatbek Yuldashev. — Hozirgi kunda bordi-yu yurtdoshlarimizdan tizim shifokor va hamshiralari o‘z xizmat vazifalariga sovuqqonlik bilan yondashayotgani haqida eʼtirozlar kelib tushganda yangi — “Tibbiy yo‘nalish nazorati” guruhi orqali muammoni bartaraf etish choralari ko‘riladi.

 

Xususan, endilikda ushbu zamonaviy tizim tomonidan tez tibbiy yordam ko‘chma brigadalarining xizmat vazifalarini o‘z vaqtida va to‘laqonli bajarishi nazorat qilib boriladi.

 

Shuningdek, yangi — "Call back" dasturi orqali tibbiy brigadalar va Call-markaz operatorlari faoliyatini baholab borish mexanizmi ham yo‘lga qo‘yildi. Eʼtiborlisi, joriy yil avgust oyining so‘nggi o‘n kunligida Toshkent shahar “103” xizmatiga kelib tushgan 39 ming 492 ta murojaatdan 30 ming 595 tasi tahlil qilinib, fuqarolar tomonidan 24 ming 729 ta chaqiriq sifati aʼlo, 4 ming 325 tasi yaxshi, 14 tasi esa qoniqarsiz, deya baholandi. 1527 ta holatda esa fuqarolar tomonidan qo‘ng‘iroqqa javob berilmagan.

 

Qolaversa, "Free PBX" dasturi yordamida barcha tez tibbiy yordam xizmatiga kiruvchi va chiquvchi qo‘ng‘iroqlar audioyozuvi nazorat qilinyapti. Bu orqali qaysi operator faol, qaysi biri sust ishlayotgani hamda o‘z vaqtida javob berilmagan barcha qo‘ng‘iroqlar monitoring qilib borilmoqda.

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"