Jamiyat

Namanganlik erkak ayolining "o‘ynashi"ni pichoqlab o‘ldirdi

Tunda uyiga qaytgan er ularni o‘z yotoqxonasida "ushlab olgan".

Namanganlik erkak ayolining "o‘ynashi"ni pichoqlab o‘ldirdi

 

Joriy yilning 25-sentabr kuni soat 01:30 atrofida Namangan viloyati Uychi tumanida yashovchi 1991 yilda tug‘ilgan Sh.A. o‘rtoqlari bilan birga bo‘lib o‘tgan gap marosimidan yashash xonadoniga kelgan. Shu vaqtda o‘zining yotoqxonasida telefon apparati chirog‘i yoniqligini ko‘rib, turmush o‘rtog‘i unga xiyonat qilayotgan bo‘lishi mumkinligini o‘ylab, yashash xonadonida bo‘lgan pichoq bilan qurollangan va yotoqxonasiga kirgan. Yotoqxonada uning turmush o‘rtog‘i Z.A. boshqa tumanda yashovchi T.Z. (erkak) bilan ishqiy munosabatlarga kirishib, unga xiyonat qilayotganligiga guvoh bo‘lgan.

 

Shundan so‘ng Sh.A. ayoli bilan ishqiy munosabatga kirishgan T.Z.ni kiyimsiz holatda tashqariga olib chiqayotganda T.Z. unga qarshilik ko‘rsatgan. Shunda Sh.A. qo‘lidagi pichoq bilan T.Z.ning ko‘krak qafasiga 1 marotaba urib, uni qasddan o‘ldirgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Sh.A.ga nisbatan JKning 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

Namanganlik erkak ayolining "o‘ynashi"ni pichoqlab o‘ldirdi | Zamon.uz