Jahon

Qozog‘iston Prezidentiga suiqasd uyushtirmoqchi bo‘lgan shaxs 17 yilga qamaldi

Unga nisbatan terrorchilik akti va giyohvand moddalar tashish bo‘yicha ayblovlar ham qo‘yilgan.

Qozog‘iston Prezidentiga suiqasd uyushtirmoqchi bo‘lgan shaxs 17 yilga qamaldi

 

Qozog‘iston Prezidentiga suiqasd uyushtirmoqchi bo‘lgan fuqaro 17 yilga ozodlikdan mahrum etildi, deya xabar bermoqda Ostona shahar sudi matbuot xizmati.

 

Qayd etilishicha, 28-sentyabr kuni Ostona shahrida yopiq sud majlisi bo‘lib o‘tgan. Unda sudlanuvchiga nisbatan davlatga xiyonat qilish, yashirin tarzda o‘qotar qurollar olib o‘tish, portlovchi moddalarni noqonuniy ishlab chiqarishga tayyorgarlik ko‘rish hamda Qozog‘iston Respublikasi Prezidentining hayotiga tajovuz qilish kabi ayblovlar qo‘yilgan. 

 

Shuningdek, jinoiy moddalar qatorida terrorchilik harakatiga tayyorgarlik ko‘rish, huquqni muhofaza qilish organlari va harbiy xizmatchilarning hayotiga tajovuz qilish kabi ayblovlar ham bor.

 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning aprel oyida Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi respublika prezidenti va yuqori martabali amaldorlarga suiqasd uyushtirishni rejalashtirgan xorijiy razvedka agenti hibsga olinganini e’lon qilgandi.

 

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"