Ta'lim

OTMlarda masofaviy taʼlimni joriy etish tartibi belgilandi

Onlayn o'qish mumkin bo‘lmagan bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari har yili 1-aprelgacha eʼlon qilinadi.

OTMlarda masofaviy taʼlimni joriy etish tartibi belgilandi

 

Buning uchun taʼlim tashkilotida quyidagilar bo‘lishi talab etiladi:

 

  • masofaviy taʼlimni boshqarish uchun “Learning Management System” platformasi;
     

  • internetga ulanish va foydalanish uchun axborot-kommunikatsiya infratuzilmasi;
     

  • o‘quv yili uchun mo‘ljallangan o‘quv kontenti;
     

  • fanlarning elektron o‘quv-metodik majmualari hamda ilmiy va o‘quv adabiyotlarining elektron bazasi;
     

  • kompyuter texnikasi bilan jihozlangan alohida bino yoki auditoriyalar;
     

  • texnik va dasturiy komponentlar ishlashini taʼminlaydigan muhandis-texnik xodimlar;
     

  • taʼlim tashkilotiga tegishli bo‘lgan, mamlakat hududida joylashgan server qurilmasi;
     

  • taʼlim tashkiloti to‘g‘risidagi barcha axborotlar joylashtirilgan rasmiy veb-sahifa.

 

Masofaviy taʼlim joriy etish mumkin bo‘lmagan bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari har yili 1 aprelgacha eʼlon qilinadi.

 

Masofaviy taʼlim asosida kadrlar tayyorlashda bir bakalavriat taʼlim yo‘nalishi 300 nafar, bir magistratura mutaxassisligi 30 nafar talabadan ortiq bo‘lmasligi lozim.

 

Bunda:

  • mazkur talab axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishlariga tatbiq etilmaydi;
     

  • talabalar sonini aniqlashda xorijiy davlat fuqarosi bo‘lgan talabalar hisobga olinmaydi;
     

  • Masofaviy taʼlimda o‘qishga qabul qilingan talaba quyidagi hollarda oliy taʼlim tashkilotiga kelishi shart:
     

  • o‘quv jarayoni boshlanishidan avval – LMS platformasida ro‘yxatdan o‘tish uchun;
     

  • har semestr yakunida – yakuniy nazorat topshirish o‘tish uchun.

 

Shuningdek, yakuniy davlat attestatsiyasi, bitiruv malakaviy va magistrlik ishi himoyasi bevosita oliy taʼlim tashkilotida anʼanaviy tarzda amalga oshiriladi, ularni sinxron yoki asinxron rejimida qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

 

Masofaviy taʼlim shakli to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

custom img

OTMlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

Abituriyentlar o‘z natijalarini to‘rt xil usulda bilishi mumkin.

custom img

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

Tasdiqlangan ro‘yxatdan jami 87 ta vazirlik, idora, davlat organi, agentlik, uyushma va yirik korxonalar o‘rin olgan.

custom img

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

40 mingga yaqin 11-sinf o‘quvchisining xorijiy til bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirildi.

custom img

O‘zbekistonda ayrim talabalar universitet diplomini 3 yilda olishi mumkin

9-sinf bitiruvchilari maktab, akademik litsey yoki texnikumda ikki yil tahsil olib, keyingi uch yilni mahalliy yoki xorijiy hamkor oliygohda davom ettirishi mumkin bo‘ladi.

custom img

B1 sertifikatiga ega abituriyentlarga chet tili fanidan maksimal ballning 75 foizi beriladi

Yangi tartibga ko‘ra, bir qator sertifikatlarga ega pedagoglar uchun ustamalar belgilandi.

custom img

Toshkentdagi ayrim maktablarda davomat “aqlli” kameralar orqali nazorat qilinadi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

custom img

Markaziy Osiyo yagona bilim va innovatsiyalar makoniga aylantiriladi

Samarqandda Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi universitetlari kongressi bo‘lib o‘tmoqda.

custom img

Rim shahrida O‘zbekiston–Italiya oliygohlari rektorlari Ikkinchi forumi bo‘lib o‘tdi

Oliy taʼlim tizimidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha 20 dan ortiq shartnomalar imzolandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"